Привет, Гость!
Chat (0) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: "BaBy" (4 - qisim)
SaLoMcHa daan...davomi
Библиотека | Ishxonada

Hayotiy hijron(muallif : kamolov)

Добавил:kamalov (26.09.2014 / 09:27)
Рейтинг:rating 79541 article (0)
Прочтений:11038
Комментарии:Комментарии закрыты
U qiz bilan ilk bor uchrashganimiz hali-hali aniq-tiniq yodimda. Ushanda men endigina o'qishni tugatib ishga kirgan paytlarim edi. Uzbekistonning uzoq tumanlarida komandirovkadan qaytib kelgan kunimoq uzim ingliz tilini urganan til markaziga borishga, u erdagi o'qituvchilar va do'stlarimni kurishga axd qildim. Agar men o'sha qizga shu qadar bog'lanib qolishimni bilganimda balki yana komandirovkaga qaytib ketardim va hech qachon Toshkentni, ayniqsa uni ko'rmagan va sevgi o'tida bunchalik yonmagan bo'lardim. Bilmadim, balki buning hammasi taqdirdir...
Kuz, Noyabr oyining 26 kuni. Salkam 3 oylik Komandirovka mening yuzimda o'z izini qoldirgandi. Bir ko'rgan odam bu bola kechagina qishloqdan kelgan, yozi bilan ishlab Toshkent bozorlariga dexqonchiligini sotgani kelgan deb o'ylashi mumkin edi. Yuzlarimni faqatgina cho'llarda bo'ladigan kuz shamoli qoraytirib yuborgandi. Ishxonadan chiqdimu, o'zim ingliz tilini o'rgangan til markaziga qarab yo'lga tushdim. Studentligimda ko'p vaqtimni til markazi kutubxonasida o'tkazardim, chet ellik o'qituvchilar bilan ko'proq ingliz tilida gaplashishga harakat qilardim. O'sha kuni ham birdan-bir maqsadim tezroq o'qituvchimni topish va u bilan mazza qilib ingliz tilida suhbatlashish edi. Chunki ancha paytdan buyon faqat ingliz tili kitoblarini o'qib, gaplashish esimdan chiqib ketgandi.
Til markaziga kirib kelganimda hamma yosh talabalar yangi kurslarga yozilish uchun test sinovlariga tayorgarlik ko'rishar, kimlardir kurslar haqida ma'lumotlar so'rashar, kimlardir kutubxonada o'tirib ingliz tilidagi video kasetalarni kurish bilan band edi. Mening kelganimga hech kim e'tibor bermadi. Adminstrativ stol yonida notanish chexralar menga xayron qarab turishibdi, yaqinda ishga kirishgan shekilli meni tanishmadi. Bu qishloqi bolaga nima bor ekan deb o'ylashgandir balki. Men salom berib, kutubxonadan foydalanishimni aytdim va kitoblarni olib sekin TOEFL, ÍELTS tayorlanish xonalariga o'tib ketdim. Biron soatcha o'tirganimdan so'ng tashqaridan mening sevimli amerikalik o'qituvchilarim E. ning ovozini eshitdim, u baland ovozda kimgadir gapirardi.
Agar bizning uchrashuvimizga E. sababchi bo'lishini bilganimda o'sha kuni E. bilan hech ham uchrashmasdim. Tashqariga chiqib E. bilan quchoq ochib ko'rishdik, u bilan ancha gaplashib o'tirdik. Shunda uning turmush o'rtog'i E.G. ham kelib qoldi. Ularning ikkalasini ham men juda yaxshi tanirdim, ular men bilan har doim yaxshi munosabatda bo'lishardi. Har ikkalasi menga Ingliz tilidan dars bergan, qolaversa hayotiy masalalarda ham ko'p maslahatlar berishardi. Xullas ular bilan oramiz juda qalin edi. Ularni ko'rmaganimga chamasi 6 oylar bo'lgandi.
Ko'p o'tmay E.G. mendan oila qurgan-qurmaganligimni so'rab qoldi. Men:`Waiting for my queen in my dreams.`deb javob berdim. Xullas E.G. meni bir qiz bilan tanishtirishmoqchiligini, u qiz men kelgan viloyatdan ekanligini aytdi. Men esa: `I came here to meet you! I have no plans to meet any girls and get married yet` javobini berdim. E.G. esa mening gaplarimga qaramasdan o'zi aytgan qizni men bilan uchrashtirgani boshlab keldi.
U o'ziniZ deb tanishtirdi.
Birinchi uchrashuvimizdan men unda yaxshi taasurot qoldirmadim. To'grida, quyoshda qop qorayib ketgan bola kimga ham kerak.
Men eng birinchi e'tibor berganim uni qop-qora ko'zlari bo'ldi. Shu ko'zlarni hozir hech bo'lmaganda yana bir marta ko'rish, unga tikilish va dilimdagi hamma gaplarni aytish uchun hamma narsadan, chet elidan ham, o'qishimdan ham, ishimdan ham ... hattoki o'zimdan ham kechishga tayorman...
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
stats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовTOporn.su - Рейтинг порно сайтовSKYTPOP.US -  Рейтинг сайтов | Каталог сайтов